Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samara viloyatidan 700 dan ortiq mamlakatimiz fuqarolari avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
27.09.2020 5704 Yangiliklar

 

Bugun, 27-sentyabr kuni Samara viloyatidan 700 dan ortiq mamlakatimiz fuqarolari avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelindi.

Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalaridan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan mamlakatimiz fuqarolarini yurtimizga olib kelish ishlari davom etmoqda.

Ayni damda repatriatsion charter reyslarining sonini bir necha marotabaga ko‘paytirilib, Rossiyaning turli hududlariga muntazam ravishda maxsus temir yo‘l qatnovlari ham tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yilning 23-sentyabr kuni 15 ta avtobusdan iborat ilk karvon Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to‘planib qolgan fuqarolarimizni Vatanga olib kelish maqsadida Rossiyaga jo‘natilgan edi.

Rejaga muvofiq bugun ushbu avtobuslar 750 nafar fuqarolarimizni O‘zbekistonga olib keldi.