Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Samarqandga "Afrosiyob" poezdining qo‘shimcha 4 ta reysi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
26.12.2019 6518 Yangiliklar

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, fuqarolarimizning Yangi yil bayramini munosib kutib olishi va dam olish kunlari yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilib, maroqli hordiq chiqarishiga imkoniyat yaratish maqsadida “Toshkent - Samarqand - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan №764/763 - "Afrosiyob" poezdining qo‘shimcha 4 ta reysi yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha reyslar 2019 yil 30,31 dekabr hamda 2020 yil 1,2 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati