Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.01.2024 1465 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Saudiya Arabistoni podshohligi Investitsiyalar vaziri Holid al-Falih hamda mamlakat Transport va logistika vaziri o‘rinbosari Mansur Alturki bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar transport sohasida istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashdi. 

 

Xususan, tomonlar fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik doirasida aeroportlarni rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish, aviatsiya sohasidagi malakali ishchi xodim va mutaxassislarga bo‘lgan talabni inobatga olgan holda “Injiniring, xizmatlar va aviatsiya sohasidagi kadrlarni tayyorlash akademiyasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama etishdi.

 

Shuningdek, yo‘l qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalari ushbu jarayonda Saudiya Arabistoni korxonalarining ishtiroki bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev saudiyalik hamkasbi Mansur Alturki bilan Ar Riyod shahrida barpo etilayotgan “Mega Metro” loyihasining taqdimoti bilan yaqindan tanishdi.

 

Uchrashuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.