Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saudiya Arabistoni bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
19.04.2022 4129 Yangiliklar

 

Joriy yilning 18 - aprel kuni Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Saudiya Arabistoni Qirolligi Transport vaziri Solih Al-Jasser bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining infratuzilma loyihalariga investitsiyalarni jalb etish masalalarini muhokama qilishdi.

Suhbat chog‘ida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro munosabatlar jumladan Makka va Madina shaharlariga ziyoratchilarni tashishni tashkil etish borasidagi istiqbollar yuksak baholandi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar transport-logistika sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchi va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ikki tomonlama bayonnoma imzolandi.