Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Saylovda faol ishtirok etib, munosib nomzod uchun ovoz bering

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2019 6708 Yangiliklar

Hurmatli transport xodimlari, 22 dekabr mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etib o‘z siyosiy huquqingizdan foydalaning.

Mamlakatimizning ertangi taqdiri, mahallamiz, shahrimiz va yurtimiz farovonligiga hissa qo‘sha oluvchi nomzodlarni tanlash aynan sizning qo‘lingizda.

22 dekabr, yakshanba – dam olish kuni ertalab soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘zingizga qulay vaqtda saylov uchastkasiga borib munosib nomzod uchun ovoz bering.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati