Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sayyor qabul – muammolar yechimi

Chop etish Sahifani ulashish
29.10.2024 393 Yangiliklar

Havo transporti sohasini rivojlantirish yo‘lida aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish, havo transporti sohasidagi mavjud muammolar, sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar va ularning yechimlari yuzasidan takliflarni o‘rganish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Sayyor qabulda “O‘zaviatsiya” Agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” Markazi hamda “Uzbekistan Airports” AJ vakillari, vazirlik markaziy apparatining havo transporti boshqarmasi mutaxassislari, rezident aviakompaniyalar, xorijiy aviakompaniyalarning O‘zbekistondagi vakillari hamda Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroporti mutasaddilari ishtirok etishdi.

 

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev mamlakatimizda so‘nggi yillarda fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatni oshirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar va ushbu yo‘nalishda kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

 

Xususan, vazir o‘rinbosari davlat rahbari tomonidan belgilan topshiriqlarga muvofiq Urganch, Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha investorlar bilan taqdimot o‘tkazilishi ko‘zda tutilganini ta’kidladi. Shuningdek, aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yanada rivojlantirish barcha soha mutaxassislari oldida asosiy maqsad etib belgilanganini aytib o‘tdi.

 

Sayyor qabul davomida rezident aviakompaniyalar tomonidan ko‘tarilgan quyidagi masalalar va takliflar tegishli mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Xususan, Toshkent xalqaro aeroporti hududida aviakompaniyalar vakillari uchun alohida xonalar ajratish, havo kemalarining ehtiyot qismlarini saqlash uchun omborxona taqdim etish, havo kemalariga yuk yuklash va quvvatlovchi uskunalar sonini ko‘paytirish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

 

Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan va yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.