O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 26 - aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.
Tenderga joylashtirilgan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni yuklab olish hamda tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, talabgorlar tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazishlari lozim.
Tender takliflarini yuborish uchun to‘lovlar faqatgina tashkilotning bank hisob raqamidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi kerak.
Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar tenderga qo‘yilgan lotlar:
VSh-725 “Andjion – Qo‘qon” ikki tomondan
VSh-735 “Quva – Shahrixon” ikki tomondan
VSh-778 “Toshkent – Paxtaobod” ikki tomondan
VSh-899 “Boyovut – Bekobod” ikki tomondan
VSh-922 “Navoiy – Qarnab” ikki tomonidan
VSh-1033 “Toshkent – Nukus” ikki tomondan
VSh-1056 “Toshkent – Xo‘jayli” ikki tomondan
VSh-1082 “Toshkent – Jarqo‘rg‘on” ikki tomondan
VSh-1087 “Toshkent – Vobkent” ikki tomondan
VSh-1098 “Navoiy – G‘ijduvon” ikki tomondan
VSh-1108 “Toshkent – Boysun” ikki tomondan
VSh-1146 “Navoiy – R.Maxmanov KFY” ikki tomondan
VShYT-1132 “Beruniy – Urganch” ikki tomondan.