Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ShHTga a’zo davlatlar transport va logistika sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Chop etish Sahifani ulashish
07.12.2019 6854 Yangiliklar

Joriy yilning 6 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining Lyanyungan shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning: "ShHT doirasida savdo va logistika hamkorligini kengaytirish, birgalikda Osiyo va Evropa o‘rtasida xalqaro logistika va transport yo‘laklarini qurish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida ShHT bosh kotibi Vladimir Norov, Tszyansu provintsiyasi, Lyanyungan shahri rahbarlari va hukumati vakillari, transport, tashqi savdo vazirlari, bojxona va fitosanitariya idoralari vakillari, ShHTga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida shuningdek, Tashkilotga a’zo davlatlarning temir yo‘l, dengiz, transport-logistika, qurilish, kommunikatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniya va tashkilotlarining rahbarlari hamda vakillari qatnashdi.

Davra suhbati ishtirokchilari transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, transport infratuzilmasini rivojlantirish, transport - logistika va kommunikatsiya sohasidagi keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish o‘zaro savdo aloqalarini sezilarli darajada kengaytirishi, yangi bozorlarni yaratishi, mintaqaviy rivojlanishga muhim turtki berishi va ShHT makonida zamonaviy transport yo‘laklarining yaratilishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Ishtirokchilar Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hududlari orqali o‘tadigan xalqaro va mintaqaviy transport koridorlarining raqobatbardoshligini va jozibadorligini oshirish maqsadida ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish, mintaqaning tranzit-logistika imkoniyatlarini yangi xalqaro koridorlarni tashkil etish, mavjud yo‘nalishlarni va mulьtimodal logistika markazlarini modernizatsiya qilish orqali ShHT makonida xalqaro transport-logistika tizimini rivojlantirish lozimligini qayd etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati