Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

ShHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Chop etish Sahifani ulashish
11.05.2022 4355 Yangiliklar

 

2022 - yilning 11-12 may kunlari Xiva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar transport vazirlarining to‘qqizinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasining ShHT sammitiga raisligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur tadbirda transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, ushbu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etiladi.

Xususan, mintaqaviy transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish ShHT davlatlarining barqaror iqtisodiy o‘sishining muhim omillaridan biri ekanligini inobatga olgan holda keng qamrovli va yaxlit transport tizimini tashkil etish, sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, yuk tashuvlar hajmini oshirish transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish borasida yagona qarash va yondashuvlarni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.