Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sirdaryo viloyatida jamoat transporti bilan qamrab olinmagan hududlar o‘rganilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.01.2021 5396 Yangiliklar

 

Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bugungi kunda viloyatda 224 mahalla bo‘lib, shundan 24 tasi eng chekka hududlarda joylashganligi sababli jamoat transporti bilan bog‘liq muammolar mavjud.

Muammolarni joyiga borib o‘rganish, aholiga transport sohasida ko‘rsatilyotgan xizmatlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida vazir o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov dastlab Sirdaryo va Sayhunobod tumanlarida bo‘ldi.

“Farovon”, “Ilg‘or”, “Intilish” va “Baxmal” MFYda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda hududlar aholisining transport tizimi bilan bog‘liq muammolari mahallabay kesimida o‘rganib chiqildi.

Shundan so‘ng viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil qilish masalasi muhokama etildi.