Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi

Chop etish Sahifani ulashish
07.11.2020 8993 Yangiliklar

 

 

Transport vazirligi ishchi xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi” shiori ostida turli-tuman sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Ishchi xodimlarning jismoniy rivojlanishi orqali mehnat unumdorligi va samarali ish faoliyatiga erishish maqsadida vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan dam olish kunlari muntazam ravishda vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

– Bugungi musobaqa orqali hamkasblar bilan sog‘lom raqobatda belashdik. Agar inson sog‘lom bo‘lsa, ishida ham unum bo‘ldi , – deydi F. Narxo‘jaev. – Xalqimizda sog‘ tanda sog‘lom aql, degan gap bejizga aytilmagan.