Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Sog‘lom turmush tarzi farovon hayot asosi

Chop etish Sahifani ulashish
08.08.2022 4445 Yangiliklar

 

 

Xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazib tabiat qo‘ynida maroqli hordiq chiqarishi, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirish uchun sharoit yaratish maqsadida Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bir guruh ishchi xodimlarning Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar” oromgohida ikki kunlik dam olishi tashkil etildi.

 

Oromgohda dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida turli-tuman sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, shuningdek, “Team building” dasturi doirasida xodimlar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak, ishonch hamda ruhlantirish hususiyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazildi.

 

Xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan stol tennisi, shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, futbol sport turlari bo‘yicha musobaqa g‘oliblari vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

– Asosiy maqsadimiz xodimlarimizning salomatligini mustahkamlash, bu orqali esa ish faoliyati davomida mehnat unumdorligi va samaradorlikka erishishdan iborat, – deydi Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Norxodjayev. – Sog‘lom turmush tarziga rioya etish insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir.