Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi axboroti

Chop etish Sahifani ulashish
25.02.2022 4855 Yangiliklar

 

Polshaning tegishli idoralari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Polsha davlat chegarasini vizasiz kesib o‘tishlariga rozilik berdi.

Bunda:

- O‘zbekiston fuqarolari o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi yoki boshqa zarur hujjatlarni olib kelishlari kerak.

- Lvovga kelgan fuqarolar o‘zbek diasporasi vakili Sadiyev Maʼruf (+380 96 102 10 95) bilan bog‘lanib, ro‘yxatga kiritish uchun o‘zi haqida maʼlumot berishlari lozim.

- chegarani kesib o‘tish faqat markazlashtirilgan tartibda avtobuslarda O‘zbekistonning Ukraina va Polshadagi elchixonalari vakillari hamrohligida amalga oshirilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Polshaga mustaqil borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarida chegarada muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

- evakuatsiya qilinadiganlar ro‘yxatini shakllantirishda ayollar, bolalar, qariyalar va talabalarga ustuvorlik beriladi.

Shu bilan birga, Elchixona O‘zbekiston fuqarolarini xavfsiz evakuatsiya qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirayotganini maʼlum qilamiz.