Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

STADLER kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.09.2024 1403 Yangiliklar

Joriy yilning 13-sentyabr kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov va STADLER RAIL kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha raisi Aleksandr Luft o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Tomonlar hamkorlikning potensial yo‘nalishlarini, jumladan, elektropoyezdlarni xarid qilish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, xarid qilinadigan mahsulotlarni O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

 

Stadler vakillari muzokaralar davomida yuqori qulayliklarga ega yo‘lovchi vagonlarining turli segmentdagi modifikatsiyalarini qurish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kompaniya tajribasi yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.

 

Muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi yo‘lovchi temir yo‘l tarmog‘i ehtiyojlariga muvofiq kompaniyaning potensial imkoniyatlarini va Stadler MDH ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning har bir segmenti uchun kompaniyaning narx siyosatini batafsil o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishdi.