Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi rahbariyati yoshlar bilan uchrashdi

Chop etish Sahifani ulashish
11.02.2020 8785 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida har bir vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda hokimlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida vazifalar berilgan edi. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasi tomonidan viloyat hududida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, kuni kecha Termiz davlat universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat universiteti Termiz filialida Surxondaryo viloyat transport boshqarmasi mutasaddi rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Termiz davlat universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat universiteti Termiz filialida tahsil oladigan 250 nafar talaba ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Viloyat Transport boshqarmasi temir yo‘l transporti bo‘lim boshlig‘i, Tariflarni shakllantirish va tendirlarni o‘tkazish sektori bosh mutaxassislari Transport vazirligi tomonidan 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yilda mamlakatimiz transport tizimini tubdan takomillashtirish, mazkur sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasiga ko‘tarish yuzasidan belgilangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tdi.

Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini o‘ylantirayotgan masalalar, qiziqtirayotgan savollar va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.