Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
18.02.2025 217 Yangiliklar

Bugun, 18-fevral kuni Transport vazirligida Toshkent davlat transport universiteti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

 

Tadbirda Transport universitetining Yurisprudensiya, Aviatsiya muhandisligi yo‘nalishlari bo‘yicha hamda Peterburg davlat transport universitetining qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalari ishtirok etishdi.

 

Tadbir davomida talabalarga vazirlik faoliyati, uning tuzilmasi, vazifa va funksiyalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Havo transporti boshqarmasi, Yuridik hamda Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari rahbar xodimlari yoshlar bilan muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.