Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
11.02.2020 5625 Yangiliklar

Bugun, 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti va Toshkent shahridagi Inxa Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha Memorandum imzolash yuzasidan muzokara bo‘lib o‘tdi.

Muzokarada masofaviy ta’limni rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni birga amalga oshirish va kadrlar malakasini oshirishda xorij tajribasidan foydalanib hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Inxa Universitetining o‘quv labarotoriyalari bilan tanishib, kelajakda birgalikda hamkorlik olib borishga kelishildi.