Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
05.12.2019 5973 Yangiliklar

O‘zbeksiton Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasida viloyatda ro‘yxatdan o‘tib, avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tashuvchilar ishtirokida Toshkent viloyati IIBB YHXB boshqarmasi bilan hamkorlikda qo‘shma yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar va tumanlar kengashlariga o‘tkaziladigan saylov, Toshkent viloyati hokimining 2019 yil 27 noyabrdagi 687-sonli farmoyishi “Viloyat hududida “Harakat xavfsizligi o‘n besh kunligi”ni o‘tkazish, tashuvchilar tomonidan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishining tahlili, Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchilarni tashish tariflarini qayta ko‘rib chiqish va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risida va boshqa bir qator masalalar xususida so‘z yuritildi.
Toshkent viloyatining IIBB YHXB boshqarmasi boshlig‘i B.Nig‘monov kun tartibida belgilangan masalalarga to‘xtalib o‘tar ekan, tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishini qat’iyan nazoratga olish, yo‘nalishlarda kunlik qatnovni amalga oshirishdan oldin harakat xavfsizligi bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘riqnomalar o‘tkazish hamda haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarini esa texnik ko‘rikdan o‘tishini kuchaytirilgan ravishda olib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishni Toshkent viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov davom ettirib, kun tartibida belgilangan barcha masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tdi. Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi, viloyatlar, shahar va tumanlar kengashlariga o‘tkaziladigan saylovda sifatli va beg‘araz transport xizmatini samarali tashkil etish hamda Toshkent viloyati hokimining 2019 yil 27 noyabrdagi 687-sonli farmoyishi “Viloyat hududida “Harakat xavfsizligi o‘n besh kunligi”ni samarali o‘tkazish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilishi yuzasidan korxona rahbarlariga ko‘rsatma berdi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati