Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tashuvchilar bilan ochiq muloqot  

Chop etish Sahifani ulashish
30.09.2024 831 Yangiliklar

Bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarida qator kutilmagan muammolarni vujudga keltirmoqda.

 

Natijada esa an’anaviy transport marshrutlari bo‘ylab yuk tashuvlari cheklanib, muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirish hamda milliy tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish har qachongidan dolzarb masalaga aylandi.

 

Ayni shu jihatlarni inobatga olgan olda Transport vazirligi tomonidan joriy yilning 27-sentabr kuni tashuv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 50 dan ortiq korxona rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda dastlab Yevropa yo‘nalishida yuzaga kelayotgan muammolar, umumiy vaziyat muhokama etildi.

 

Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda korxona rahbarlarning yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlar va ularning yechimi yuzasidan takliflari tinglandi.

 

Uchrashuvda ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi belgilab olindi.