Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«TAV Airports Holding» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
27.01.2021 5260 Yangiliklar

 

Bugun Transport vazirligida Turkiya Respublikasining “TAV Airports Holding” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov hamda “TAV Airports Holding” kompaniyasi prezidenti Sani Shener mamlakatimiz aeroportlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda dastlab mamlakatimiz aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hususida batafsil ma’lumot berildi. O‘z navbatida «TAV Airports Holding» mutaxassislari kompaniya faoliyati, asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalari borasida taqdimot o‘tkazdi.

“TAV Airports Holding” kompaniyasi prezidenti Sani Shener “Toshkent” xalqaro aeroporti va hududiy aeroportlarni rivojlantirish masalasida hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zro aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.