Bugungi kundan boshlab "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan IOS platformasi foydalanuvchilari elektron chiptalarini xarid qilish uchun yangi "Uzrailways tickets" mobil darturini test rejimida ishga tushirdi (https://apps.apple.com/uz/app/uzrailways-tickets/id1497456207).
Yangi mobil dastur bir xil veb-resurs xususiyatlariga ega bo’lib (https://e-ticket.railway.uz/), boshqacha aytganda, elektron yo’l hujjatlari (chipta) lari rasmiylashtirilib, darhol elektron ro'yxatga olinadi. Bundan tashqari, ilovada "Chiptani qaytarish" funksiyasi ham mavjud.
Mobil dasturni takomillashtirish bo'yicha ishlar davom etayotganligini inobatga olib, o'z takliflaringizni Elektron tijoratni rivojlantirish bo'limining e-ticket@railway.uz. elektron pochtasiga yuborishingizni so'raymiz. Shuningdek, +998712997984 raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
Endilikda poyezdga chiptalarini shaxsiy smartfoningiz orqali UZCARD va HUMO bank kartlari bilan harid qilishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Android platformasi uchun mobil dastur ham yangilandi va uni yuklab olish uchun esa quydagi havolaga o’ting: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.axonlogic.uzrailway
Izoh: Mavjud elektron chiptalarini sotib olishda Visa va MasterCard kabi xalqaro to'lov tizimlar integratsiyasi bilan bog’liq ishlar olib borilmoqda.