Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Termizda savdo va transport masalalari bo‘yicha mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
05.12.2019 5905 Yangiliklar

Joriy yilning 3-4 dekabr kunlari Termiz shahrida “Savdo imkoniyatlari va transport-tranzit muammolari” mavzuida mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda mamlakatimiz hamda Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Eron va Ukraina singari 17 ta davlatdan vakillar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyatning ijtimoiy - iqtisodiy, jug‘rofiy imkoniyatlari hamda o‘ziga xos investitsiyaviy xususiyatlari namoyish etildi. Markaziy Osiyo transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, savdo va investitsiya aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazriligi axborot xizmati