Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Til – millat ko‘zgusi

Chop etish Sahifani ulashish
21.10.2021 3735 Yangiliklar

 

Transport vazirligi markaziy apparatida 21-oktabr - Оʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 32 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat transport universiteti O‘zbek tili (rus tili) kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida “Til – millat ko‘zgusi” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizning tarixi, jamiyatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, davlatimizning ona tilimizga bo‘lgan e‘tibori to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Shuningdek, mazkur uchrashuvlarni Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasida ham o‘tkazish belgilab olindi.