Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tojikiston bilan «Е-Permit» tizimini joriy etishni jadallashtirish masalasi muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.12.2024 519 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Tojikiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Sh.Saidmurodzoda rahbarligida bo‘lib o‘tgan avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishida mamlakatlarimiz o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

 

Videokonferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik holati haqidagi axborot bilan bo‘lishishdi hamda 2025-yil uchun ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalari kelishib olindi.

 

Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron «E-Permit» ayirboshlash tizimi joriy etishni jadallashtirish bilan bog‘liq jihatlarni muhokama etishdi.