Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Toshkent" avtovokzali orqali 1 mln 700 mingdan ortiq yo'lovchi o'z manziliga yetkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
08.06.2023 1659 Yangiliklar

 

2023-yilning o'tgan besh oyi davomida (yanvar – may) jami 1 mln 786 ming 155 nafar yo'lovchi "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilayotgan avtobus qatnovlari orqali o'z manziliga yetkazildi.

 

Ushbu davr mobaynida avtovokzaldan 18 ta mahalliy, 10 ta xalqaro hamda 51 ta viloyat hududi, shahar atrofi yo'nalishlarida yo'lovchilarga xizmat ko'rsatilgan.

 

Mahalliy yo'nalishlarda 3 592 ta, xalqaro yo'nalishda 892 ta viloyat hududi, shahar atrofi yo'nalishida esa 210 095 ta jami 214 579 ta reys bajarilgan.