Toshkent davlat transport universiteti qabul komissiyasi oʻz faoliyatini boshladi. 2023-2024 oʻquv yili uchun universitetda quyidagi fakultet va yoʻnalishlar uchun bakalavriatga jami 680 nafar talaba qabul qilinadi:
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
- Raqamli iqtisodiyot (transport)
 
- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Menejment (transport sohasida loyihalar boshqaruvi)
 
- Korporativ boshqaruv 
 
- Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
- Yurisprudensiya (xalqaro transport huquqi)
 
- Axborot tizimlari va texnologiyalar (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
- Dasturiy injiniring 
 
- Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
 
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
 
- Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 
 
- Transport vositalari muhandisligi (turlari bo’yicha)
 
- Havo kemalarining texnik ekspluatatsiyasi 
 
- Aviatsiya injiniringi (turlari bo’yicha)
 
- Amaliy kosmik texnogiyalar 
 
- Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (transport turlari bo’yicha)
 
- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 
 
- Qurilish muhandisligi: bino va inshoatlari qurilishi 
 
- Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo’yicha)
 
- Yo’l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo’yicha)
 
- Kommunal infratuzilma va uy-joy kommunal xo’jaligini tashkil etish va boshqarish 
 
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo’yicha)
 
- Transport logistikasi (transport turlari bo’yicha) 
 
- Havodagi harakatni boshqarish 
 
- Yo’l harakatini tashkil etish 
 
- Avtomobil servisi
 
 
Toshkent davlat transport universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun qabul jarayonlari yuzasidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida aloqa markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
 
Aloqa markazi telefon raqami: 1318