Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent metropolitenining qurilayotgan qismida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan Hukumat komissiyasini tuzish haqida

Chop etish Sahifani ulashish
18.12.2019 5942 Yangiliklar

Joriy yilning 18-dekabr kuni surunkali yogʻingarchilik oqibatida Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining qurilayotgan qismida tuproq koʻchishi sodir boʻlgan.

Yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi kuch va vositalari safarbar qilingan.

Ushbu hududda sodir boʻlgan hodisaning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini oʻrganish va uni zudlik bilan bartaraf qilish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga sodir boʻlgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida oʻrganish, hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga yordam koʻrsatish hamda boshqa bir qator vazifalar yuklandi.

Shuningdek, Toshkent metropolitenining yer usti va yer osti metro yoʻnalishlari qurilishida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi qayd etildi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati