Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent – Samara” yo‘lovchi poyezdining harakati qayta tiklandi

Chop etish Sahifani ulashish
23.06.2022 2758 Yangiliklar

 

Bugun, soat 19:05 da “Toshkent Markaziy” temir vokzalidan “Toshkent – Samara” yo‘nalishidagi 5-sonli xalqaro yo‘lovchi poyezdi harkati boshlandi.

2 yilu 3 oydan so‘ng ilk bora qatnovini amalga oshirayotgan mazkur xalqaro yo‘lovchi poyezdi 10 ta yo‘lovchi vagon va 1 ta restoran vagondan iborat.

Eslatib o‘tamiz, “Toshkent – Samara – Toshkent” poyezdi haftaning payshanba kuni soat 19:05 da “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketadi va shanba kuni soat 18:14 da Rossiya Federatsiyasining “Samara” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, Samaradan yakshanba kuni soat 16:11 da jo‘nab ketib, “Toshkent-Markaziy” vokzaliga seshanba kuni soat 16:56 da yetib keladi.