Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent-Samarqand” pullik yo’lini qurish loyihasi bo’yicha uchrashuv tashkil etildi

Chop etish Sahifani ulashish
24.07.2023 5128 Yangiliklar

Joriy yilning 24-iyul kuni Transport vazirligida “Toshkent-Samarqand” pullik yo‘lini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo‘yicha Ilhom Maxkamov YeTTB vakillarini qabul qildi.

 

Ushbu pullik yo‘l qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosi YeTTB tomonidan yollangan Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik A.Ş. kompaniyasi tarafidan 1.5 mln dollar miqdoridagi grant mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilmoqda.

 

Uchrashuv doirasida loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda xususiy sherikni aniqlash bo’yicha tender jarayonlarini tashkillashtirish bilan bog‘liq  masalalar muhokama etildi.