Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahri yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘nalishlari

Chop etish Sahifani ulashish
13.02.2023 2740 Yangiliklar

 

2023-yil 14-fevral kuni "Hyatt Regency" mehmonxonasida “Toshkent shahri yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘nalishlari” loyihasining yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbir Xalqaro Transport Forumi (XTF) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

 

“Osiyoda barqaror infratuzilma dasturi (SIPA)” doirasida “Toshkent shahri yo‘lovchi transportini dekarbonizatsiya qilish yo‘nalishlari” loyihasi 2021- yilda boshlangan bo‘lib, ushbu loyiha XTF tomonidan, Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ bilan hamkorlikda amalga oshirildi hamda yakuni bo‘yicha “Toshkent shahri uchun shahar mobilligini yaxshilash rejasi” ishlab chiqildi.

 

Yakuniy tadbir davomida mazkur reja hamda jamoat transportini rivojlanish masalalari muhokama qilinadi.