Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahrida harakatlanuvchi qator avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Chop etish Sahifani ulashish
10.12.2019 10763 Yangiliklar

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilish ishlari doirasida erosti o‘tish yo‘li barpo etilmoqda. Shu munosabat bilan ta’mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi Ahmad Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Bu esa o‘z navbatida jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta’sir o‘tkazadi.

«Toshshahartransxizmat» kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakatini Ahmad Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda Amir Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati