Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahrida jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni ortmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
14.06.2023 2182 Yangiliklar

“Toshshahartransxizmat” AJ harakat tarkibining yangilanishi, yo‘nalishlarga yangi katta va o‘ta katta sig‘imli avtobus va elektrobuslarning chiqarilishi natijasida shahar jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.

 

Xususan, yo‘lovchi tashuvlari joriy yil may oyida kunlik 782 ming nafar yo‘lovchini tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 478 ming nafarni tashkil etgan edi (o‘sish +63%).

 

Joriy yil may oyida kunlik 1330 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilgan bo‘lsa, 2022-yilning shu davrida kunlik avtobuslar soni 806tani tashkil etgan (+40%).

 

2023-may oyida amalga oshirilgan kunlik qatnovlar soni 16 741tani tashkil etgan. 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 10 424tani tashkil etgan (ya’ni +60% gacha oshgan).