Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent shahridagi 32 ta avtobus yo‘nalishlari brutto shartnoma asosida faoliyat ko‘rsatishni boshladi

Chop etish Sahifani ulashish
14.07.2023 3904 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich o’tkazish belgilangan.

 

Shu munosabat bilan, joriy yilning iyul oyidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 8, 9t, 17t, 20, 39, 41, 43, 45, 52, 55, 61, 63, 68, 73, 82, 86, 98, 101, 104, 116, 125, 129, 130, 133, 138, 140, 146, 151, 153, 154, 181, 183-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi.