Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkеnt – Urganch – Toshkеnt yo‘nalishida qo‘shimcha poyеzdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
13.03.2020 5622 Yangiliklar

Yurtimizda har yili an'anaviy nishonlanadigan Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida, Toshkеnt – Urganch  Toshkеnt yo‘nalishida 556/555-raqamli qo‘shimcha poyеzdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Harakat jadvaliga ko‘ra, Toshkеnt – Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-raqamli yo‘lovchi poyеzdi 2020 yil 20, 23 mart kunlari soat 14:40 da "Toshkеnt-Janubiy" temir yo'l vokzalidan, hamda Urganch – Toshkеnt yo‘nalishida harakatlanadigan 555-raqamli yo‘lovchi poyеzdi 22, 24 mart kunlari soat 11:26 da Urganch temir yo'l vokzalidan jo‘naydi.