Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent viloyati transport boshqarmasi hamda tashuvchi uyushmalar tomonidan muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.04.2020 9208 Yangiliklar

Karantin davrida xalqimizga xos bo‘lgan saxovatpeshalik kabi ezgu amallar ko‘plab oilalarga quvonch olib kirmoqda. Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida ham yordamga muhtoj va ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam berilyapti. Shunday xayrli tadbirlar Toshkent viloyati transport boshqarmasi xodimlari hamda viloyatda tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir qator korxonalar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati transport boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan viloyatda avtotransport xizmatini ko‘rsatib kelayotgan “Ozodbek Sarbon tarns” MChJ, “Davron Imron trans” MChJ, “Meridian trans” MChJ rahbarlari hamkorligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Soyliq", "Oqtosh" hamda "Xondayliq" MFY hududidagi 100 dan ortiq kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, shaxsiy gigiena va antiseptik vositalarini beg‘araz homiylik xayriya sifatida tarqatildi.