O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi hamda Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlari kesimida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari va haydovchilari ishtirokida sayyor yig‘ilishlar tashkil etilmoqda.
Bu kabi uchrashuvlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlariga haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishini qat’iy nazoratga olish, yo‘nalishlarda kunlik qatnovni amalga oshirishdan oldin harakat xavfsizligi bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘riqnomalar o‘tkazish hamda haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarini esa texnik ko‘rikdan o‘tishini kuchaytirilgan ravishda olib borish lozimligi yuzasidan ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shuningdek, haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tartibli harakatlanishi, yo‘lovchilarni faqatgina oraliq bekatlaridan olish va tushirish lozimligi, belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida harakatlanishi lozimligi ta’kidlandi.
Bu kabi sayyor yig‘ilishlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish, turli-tuman yo‘l transport hodisalariing oldini olishdan iboratdir.