Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent yer usti metrosining “Qo‘yliq – Quruvchilar” uchastkasidagi 5 ta bekat foydalanishga topshirildi

Chop etish Sahifani ulashish
25.04.2023 3905 Yangiliklar

 

Toshkentda metropoliten tarmog‘i 66,74 kmga, bekatlari soni esa 48 taga yetdi. 2016-yilgacha bo‘lgan ko‘rsatkich – 38 km va 29 ta bekatdan qariyib ikki barobarga ko‘paydi.

 

Kunlik yo‘lovchilar soni esa 3 baravardan ko‘pga ortdi va bugunga kelib 620 mingdan ziyodni tashkil etmoqda. Bu oxirgi 6 yildagi islohotlar va jadal harakatlar natijasidir.

 

Qayd etish joiz, 2020-yil avgustida O‘rta Osiyoda ilk marotaba estakada uslubidagi Toshkent yer usti metrosining birinchi bosqichi “Do‘stlik – Qo‘yliq” uchastkasi ishga tushirildi. Shu yili dekabr oyida esa Sergeli yo‘li ochildi.  

 

Bugun, 25-aprel kuni esa yer usti xalqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda “Qo‘yliq – Quruvchilar” uchastkasida yo‘lovchi tashuvlari boshlandi

 

Yangi bekatlarning har biri o‘ziga xos dizaynga ega, keng, yorug‘ va fayzli. Ularga zamonaviy lift va eskalatorlar o‘rnatilgan. Imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun ham qulayliklar yaratilgan.

 

Hozir 12-bekatdan keyingi 3,64 kilometrlik “Quruvchilar – Qipchoq” uchastkasida ham bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda

 

Yer usti metrosi qurilishining ikkinchi bosqichi to‘liq yakunlanishi bilan Toshkent metropolitenining uzunligi 70 kilometrdan ortadi, bekatlar soni esa 50 ta bo‘ladi.