Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentda Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirokida yuqori darajadagi uch tomonlama uchrashuv boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
02.02.2021 4829 Yangiliklar

 

Toshkentdagi “Hilton” mehmonxonasida Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan asosiy xalqaro moliya institutlari rahbarlari ishtirokida yuqori darajadagi O‘zbekiston-Afg‘oniston muzokaralari boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi muxbirlari Muzaffar Kamilov va Anvar Ilyasov.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Afg‘oniston delegatsiyasiga - tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar, Pokiston delegatsiyasiga esa - bosh vazirning maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud rahbarlik qilmoqda.

Ko‘p tomonlama muzokaralar yakunlari bo‘yicha kelgusida temir yo‘l marshrutini kuzatish, geodeziya, gidrogeologik va topografik tadqiqotlar o‘tkazish uchun qo‘shma xalqaro ekspeditsiyani tashkil etish masalalarini nazarda tutuvchi Mozori – Sharif – Qobul – Peshovar temir yo‘lini qurish bo‘yicha qo‘shma harakat rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Tomonlar, shuningdek loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, loyiha oldidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish va temir yo‘l qurilishini tezkor boshlash masalalarini ham kelishib oladilar.