Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentda olti davlat temir yoʻllari rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.03.2022 4814 Yangiliklar

 

Bugun olti davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Turkiya temir yo‘llari rahbarlarining ikki kunlik uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

Tadbir doirasida “Osiyo Tinch okeani mintaqasi – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Turkiya – Yevropa” xalqaro multimodal yo‘nalishini rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Taʼkidlash joizki,  xalqaro multimodal yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzluksiz tashishni tashkil etish, qo‘shimcha yuk hajmlarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, fitting platformalarini o‘z vaqtida yetkazib berish va tarif stavkalarini belgilash masalalarini hal etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 19–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida beshta davlat – Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlarining xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar yakuniy bayonnomani imzoladilar. 2020-yil 23-oktabrda temir yoʻl maʼmuriyatlari (Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Turkiya va Oʻzbekiston) rahbarlarining ikkinchi yigʻilishi. 2021-yilning 17-dekabrida esa uchinchi yigʻilish VKА rejimida boʻlib oʻtdi, unda Turkiya tomoni Xalqaro multimodal yo‘nalishni rivojlantirish to‘g‘risidagi protokolga qo‘shildi, tomonlar mavjud tarif imtiyozlarini uzaytirishga ham kelishib oldilar.