Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Chorvoqqa qatnovchi avtobus reyslari soni ko‘paytirildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.06.2023 4228 Yangiliklar

Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumaniga grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo'lga qo'yilgan edi.

 

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekati – Chorvoq” yo‘nalishida har kuni harakatlanadi.

 

Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 10:00, 13:00 va 18:00 da jo'naydi.

 

Chorvoqdan esa 6:00, 11:00, 14:00, 16:00 va 18:00 da harakatlanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, qatnov masofasi 75 km bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lkira narxi hamyonbop 15 000 so‘m. Yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.