Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Xo‘jakentga yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.12.2024 772 Yangiliklar

Toshkent – Xo‘jakent – Toshkent shahar atrofi yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd ishga tushirildi. Mazkur elektropoyezd  ushbu yo‘nalishda har bir tarafga kuniga uchtadan qatnovni amalga oshiradi.

 

Yangi elektropoyezd oltita vagondan iborat bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 1184 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi poyezdlarnikidan taxminan 1,5 barobar yuqori.

 

Poyezdning maksimal tezligi soatiga 120 kilometrgacha yetadi, Toshkentdan Xo‘jakentgacha bo‘lgan yo‘l esa 1 soat-u 15 daqiqada bosib o‘tiladi.

 

Vagonlar keng ichki maydonga ega bo‘lib, o‘rindiqlar zamonaviy gadjetlarni quvvatlash uchun USB-portlar bilan jihozlangan, keng yukxonalar, shuningdek, iqlim nazorati va havo tozalash tizimlari mavjud. Harakat qobiliyati cheklangan yo‘lovchilar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida e’tibor qaratilib, qulay sayohat qilishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

 

Kattalar uchun yo‘l haqi 20 000 so‘m, bolalar uchun esa 11 500 so‘mni tashkil etadi. To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida yoki chiptalarni onlayn xarid qilish orqali amalga oshirish mumkin.