Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transafg’on temir yo'l liniyasining qurilishi

Chop etish Sahifani ulashish
18.07.2023 3369 Yangiliklar

Ayni vaqtda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ delegatsiyasi Pokiston va Afg'oniston temir yo'l ma'muriyatlari bilan birgalikda Transafg'on temir yo'l liniyasini qurish bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichini o'tkazmoqda.

 

Mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu loyiha O'zbekiston, Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim bo'g'in hisoblanadi. Joriy muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlar va amalga oshirish muddatlarini muhokama qilmoqda.

 

Transafg’on temir yo'l liniyasi mintaqada transport hamkorligi va rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochadigan keng ko'lamli loyiha bo’lib, O'zbekiston va Pokiston o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri temir yo'l qatnovini yo'lga qo'yish natijasida savdo munosabatlari yangi bosqichga chiqishi ko’zda tutilgan.