Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transkaspiy transport koridorini Muvofiqlashtirish platformasi ishga tushirildi

Chop etish Sahifani ulashish
04.10.2024 758 Yangiliklar

Joriy yilning 3-oktabr kuni Ashxobodda Transkaspiy transport kesishmalarini muvofiqlashtirish platformasini ishga tushirishga bag‘ishlangan oliy darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda YeIning xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen, Yevropa komissiyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direktori maslahatchisi Xenrik XollouEy, shuningdek, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Armaniston, Gruziyaning tegishli vazirliklari rahbarlari, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki va Jahon banki vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbirda transport infratuzilmasini kengaytirish va transport bog‘liqligini mustahkamlash mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishida hal qiluvchi rol o‘ynashi ta’kidlandi.

 

Yangi muvofiqlashtirish platformasi Transkaspiy transport yo‘lagining barqarorligini oshirish va uni Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan multimodal marshrutga aylantirish, shuningdek, temir yo‘l, avtomobil va port infratuzilmasiga investitsiyalarni rag‘batlantirish, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport yo‘laklarining xavfsizligi va barqarorligini oshirishga yordam beradi.

 

Platforma doirasida birgalikda ishlash transport sohasiga texnologik innovatsiyalarni faol joriy etishni nazarda tutadi.