Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transkaspiy transport yo’lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2023 3706 Yangiliklar

Joriy yilning 14-avgust kuni Transport vazirligida AQShning O’zbekistondagi elchixonasi siyosiy-iqtisodiy bo’limi hamda USAID loyihasining “O’rta Osiyoda savdo-sanoat” yo’nalishi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvda Yevropa va Osiyo o‘rtasida xalqaro savdoni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish va farovonlikni ta’minlashda transport va logistikaning muhim roli alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Shu munosabat bilan tomonlar Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida intermodal va multimodal transchegaraviy va tranzit transport xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish, transkaspiy yo‘lagi bo‘ylab o‘zaro hamkorlikning yangi shakllarini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.