Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Transport haftaligi –2019”da muhim masalalar muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
25.11.2019 6187 Yangiliklar

Joriy yilning 19-21 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida “Transport haftaligi –2019” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Transport sohasining eng dolzarb masalalarini ochiq muhokama qilish va ishbilarmon doiralar vakillari bilan o‘zaro fikr almashishga qaratilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari I.Maxkamov boshchiligidagi ishchi guruh ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi tomonidan 2006 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu tadbir doirasida “Rossiya transporti” XIII Xalqaro forumi va ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

“Transport haftaligi-2019” doirasida MDHning transport bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MDHga a’zo davlatlarning transport vazirlari va transport boshqarmalari rahbarlari, transport sohasidagi tashkilotlar va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Majlisda MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shu jumladan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda MDHga a’zo davlatlar transport sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari loyihalari muhokama qilindi.

“Rossiya transporti” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari I.Maxkamov Xalqaro transport forumi Bosh kotibi Kim Yon Te bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro transport forumiga qo‘shilishi masalalarini muhokama qilishdi. Muzokara davomida janob Kim Yon Te ushbu masalani echishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

"РТ-Инвест Транспортные Системы" MChJ rahabrlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yuk avtotransport vositalari og‘irlik va hajm o‘lchov nazorati va O‘zbekiston Respublikasi yuk avtomobillari uchun “Platon” tizimini joriy etish masalalari yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra "РТ-Инвест Транспортные Системы" MChJ mazkur tizimlarni davlat xususiy-sherikligi asosida joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga takliflarni tayyorlash va taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Rossiya Federatsiyasi transport vazirining o‘rinbosari N.Yu.Zaxryapin bilan bo‘lgan uchrashuvda esa MDHning transport bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi doirasida transport sohasida hamkorlikni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati