Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport inspeksiyasi nazorat tadbirlarini kuchaytiradi

Chop etish Sahifani ulashish
14.04.2023 4646 Yangiliklar

 

2023-yilning yanvar – mart oyi yakunlari bo‘yicha Transport vazirligining avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 125-2-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish bilan bog‘liq 79 ta holat aniqlandi.

 

Ushbu holatlar yuzasidan jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilgan. Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida kabotaj tashuvlari bilan bog‘liq eng ko‘p holatlar Samarqand viloyati (16 ta), Toshkent viloyati (15 ta), Surxondaryo viloyati (11 ta) va Namangan viloyatida (10 ta) qayd etilgan.

 

Shu o‘rinda milliy tashuvchilardan kabotaj tashuvlari bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida (aniq va ishonchli) ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda vazirlikning 1167 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berishlarini so‘raymiz.