Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport sohasida Xitoy bilan hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2025 191 Yangiliklar

20-yanvar kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov “CSCEC International” kompaniyasi boshqaruv raisi Gao Bo bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, aeroportlarni modernizatsiya qilish hamda temir yoʻl sohasida ilgʻor tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

 

Shuningdek, O‘zbekiston transport sohasining samaradorligini oshirish va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.