Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport sohasini rivojlantirishda Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

Chop etish Sahifani ulashish
06.05.2023 3000 Yangiliklar

Joriy yilning 5-may kuni Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishda ishtirok etgan transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev logistika, transport va transport infratuzilmasi sohasida O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarini rivojlantirish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.


Tadbir davomida J.Choriyev Fransiyaning transport sohasidagi yirik kompaniyalari IVECO Bus, AIRBUS, ALSTOM, ATR, TAV Airpots holding rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Muzokaralarda aviatsiya, aeroportlarda xizmat ko‘rsatish, shahar jamoat transportini rivojlantirish yo‘nalishlarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning bugungi holati muhokama etildi.

 

Tomonlar ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikning ijobiy dinamikasini yuqori baholagan holda hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.