Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

TRАNSPORT TIZIMIDА DАVLАT TILI TАRGʼIBOTI KUCHАYTIRILMOQDА

Chop etish Sahifani ulashish
11.12.2020 5422 Yangiliklar

Kuni kecha Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Transport vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda vazirlik tizimidagi tashkilotlardan hujjatlarning davlat tilida qatʼiy yuritilishini taʼminlash boʼyicha tayinlangan masʼul xodimlar ishtirok etdi, hududiy transport boshqarmalari xodimlari qatnashishi uchun videokonferensaloqa taʼminlandi.

Oʼzbekiston davlat madhiyasi sadolari bilan boshlangan tadbirda aynan madhiyaning yaratilish tarixi va uning yillar davomida xalqimizga gʼurur va iftixor bagʼishlab kelayotganligi, huquq va erkinliklarimiz asosi boʼlgan Bosh Qomusimizning ahamiyati haqida alohida taʼkidlandi.

Tadbirda, shuningdek mamlakatimiz transport tizimida davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida soʼz bordi.
Joriy yilda davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish, ish yuritishni davlat tilida tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan oʼtkazilgan yigʼilish bayonida koʼrsatilgan masalalar boʼyicha maʼlumotlar berildi.
Erishilgan natijalar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar transport korxona va tashkilotlari kesimida tahlil qilindi. Tizimda “Davlat tili toʼgʼrisida”gi Qonun meʼyorlariga amal qilinishi, ish yuritish imlo xatolarsiz, texnik xato va kamchiliklarsiz amalga oshirilishi va bu ishlar yuzasidan jamoatchilik nazorati kuchaytirilishi zarurligi taʼkidlandi.
Tadbirda soʼzga chiqqanlar taklif va tashabbuslari inobatga olinib, kelgusi yil uchun ish rejalari belgilab olindi.