Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport universiteti talabasi Kamola Irisqulova Transport vaziri yordamchisi etib tayinlandi

Chop etish Sahifani ulashish
19.02.2025 535 Yangiliklar

Bugun, Transport vaziri Ilhom Maxkamov Toshkent davlat transport universiteti talabasi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti, Prezident hamda Beruniy nomli davlat stipendiyalari sohibasi Kamola Irisqulova bilan uchrashdi.

 

Bugungi kunda mamlakatimiz transport tizimida 132 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Shundan 33 mindan ortig‘ini esa yoshlar tashkil etadi. Uchrashuvda Ilhom Maxkamov yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularning o‘z salohiyatini namoyon etishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtatilib o‘tdi.

 

Aynan mamlakatimiz transport tizimining ravnaqi va kelajagi ham bevosita Kamola Irisqulova singari iqtidorli hamda salohiyatli yosh o‘g‘il-qizlarimiz qo‘lida ekanligini ta’kidladi vazir.

 

Joriy yilning 14-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqot davomida Kamola Irisqulovaga yuksak ishonch bildirib, avtomobil yo‘llari sohasini rivojlantirish yo‘nalishidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan edi.

 

Transport vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-yil 18-fevraldan Irisqulova Kamola Normat qizi Vazirning yo‘l xo‘jaligi sohasida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Tayinlovga qadar K.Irisqulova Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.